
"Humo" o‘z tarixidagi eng yirik g‘alabasini qay tarzda qo‘lga kiritdi? (Video)
Toshkentning "Humo" klubi o‘z maydonida Penzaning "Dizel" jamoasini qabul qildi va 7:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mezbonlar safida shaybalarni Platon Popov (dubl), Artyom Voronin (dubl), Ivan Yatsenko (dubl) va Andrey Smirnovlar kiritdi. Bunga esa Vladislav Barulin bir bor javob qaytardi.
Shu tariqa "qanotlilar" o‘z tarixlaridagi eng yirik g‘alabani qayd etishdi. Bundan oldingi eng yaxshi natija "Ryazan"ga qarshi bahsda qayd etilgan edi - 5:0.
Eslatib o‘tamiz, safarda kechgan bahsda Evgeniy Popixin shogirdlari 1:7 hisobida raqibga imkoniyatni boy bergan edilar.
Ma’lumot uchun, toshkentliklar hisobida 32 , mehmonlar hisobida esa 31 ochko mavjud va ular turnir jadvalida mos ravishda 7 hamda 8-o‘rinlarni egallab turishibdi.
Fikrlar