"Humo"ning kelgusi taqdiriga oydinlik kiritildi

Toshkentning "Humo" jamoasi ushbu mavsum O‘zbekiston chempionatida ishtirok etadi. Ilgariroq, klub Qozog‘iston ochiq chempionatida o‘ynash taklifini rad etgan edi.

Joriy mavsum O‘zbekiston chempionatida 5 ta jamoa qatnashishi kutilmoqda. 2019 yilda o‘ynagan "Humo", "Binokor", "Toshkent" va "Semurg‘" jamoalari bilan birga, yangi tashkil etilgan MVSK klubi ham ushbu mavsum xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!