Humoyun Sultonov amerikalik raqibini qiyinchiliksiz mag‘lub etdi

  • 10 iyul, 2019, 18:07
  • 1
  • Tennis
CHERY AUTO

Italiyaning Neapol shahrida davom etayotgan Universiada o‘yinlarida terma jamoamiz vakillari yana bir medal sari dadil qadam tashlashdi. Aniqrog‘i, tennis bahslarida ishtirok etayotgan Humoyun Sultonov musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi. 

Tecno

Amerikalik Jeyms Keganga qarshi bahs olib borgan Sultonov ikki setda 6:1 va 6:2 hisoblarida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi. Shuningdek, bugun Sultonov juftlikda Sanjar Fayziev bilan Xitoy Taipeyi vakillariga qarshi bahs olib borsa, Sanjar mikst dasturida Kamola Umarova bilan xuddi shu mamlakat vakillarini yana bir bor sinovdan o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Hakimov SHerzod
10/07/2019 18:24
Humoyunga omad universiadada oltin bizga juda zarur olg‘a Humoyun.