Husanov endi “Lans”ga yordam berolmaydi...

Frantsiya chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Lans” ma’lum muddat o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanov xizmatidan foydalana olmaydi.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bu holat O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qatarda bo‘ladigan Osiyo kubogida qatnashishi bilan bog‘liq ekanini yaxshi biladi.

gettyimages-1669700977-2048x2048

Frantsiya futbolini yoritayotgan manbalar “Lans”ning mahalliy muxlislariga legionerning jamoani vaqtincha tark etishi mamlakati oldidagi burchi bilan bog‘liq ekanini eslatib o‘tishi to‘g‘ri keldi.

- Abduqodir Husanovning yanvar oyida “Lans” uchrashuvlarida qatnasha olmasligining hayratlanarli joyi yo‘q. Himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan.

Husanov terma jamoaning so‘nggi uchrashuvlarida asosiy tarkibda o‘ynamoqda. Shu bois, 28 nafar futbolchi kiritilgan va ulardan 26 nafari tanlab olinadigan kengaytirilgan ro‘yxatda uning ham nomi bor. Ular Qatarda bo‘ladigan Osiyo kubogida ishtirok etadi.

Osiyo kubogi 12 yanvardan 10 fevralga qadar davom etadi. Husanov va uning jamoadoshlari guruh bosqichidan chiqish uchun kurashni 13 yanvar kuni Suriya futbolchilariga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvdan boshlaydi.  18 yanvar kuni Hindiston va 23 yanvarda Avstraliya terma jamoalari bilan o‘yin bo‘ladi.

Guruhda dastlabki ikki pog‘onani egallagan va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan bir nechta uchinchi o‘rin sog‘iblari 1/8 finalga chiqadi.

O‘zbeklar bu maqsadlarga erishishga qodir va buning uchun bir necha oydan beri jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda, - deb yozdi lensois.com sayti eksperti Kristof Shaad.

Abduqodir Husanov terma jamoadagi faoliyati tufayli lansliklarning bir necha o‘yinlarini aniq o‘tkazib yuboradi. Xususan, “Lans” 7 yanvar kuni Frantsiya kubogi doirasida “Monako”ni o‘z maydonida qabul qiladi.

Shuningdek, Frantsiya chempionati qisqa ta’tildan keyin 12 yanvardan qayta tiklanadi. “Lans” jamoasi ligada yangi yildagi ilk uchrashuvni amaldagi chempion PSJga qarshi o‘tkazishi lozim. 14 yanvarga belgilangan bu o‘yinda ham Husanov jamoasiga yordam bera olmasligi aniq.

Frantsiya chempionatidagi taqvim unchalik tig‘iz bo‘lmagani bois, Husanovning qolgan uchrashuvlardagi ishtiroki terma jamoamizning Osiyo kubogida qancha uzoqqa borishiga bog‘liq bo‘ladi.

Agar Srechko Katanets shogirdlari guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsa, Husanov Frantsiya chempionatining 19-turida 28 yanvar kuni “Tuluza” maydonida bo‘ladigan bahsga ham bora olmaydi.

Yaxshi niyat bilan, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo kubogida finalgacha etib borishiga umid qilsak, Abduqodir Husanov “Lans”ning 4 fevralda “Nant” va 11 fevralda “Strasbur”ga qarshi o‘tkaziladigan bahslarini ham o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov yozda Belarusning “Energetik-BGU” klubidan 100 ming evro evaziga “Lans”ga ko‘chib o‘tdi. 19 yoshli futbolchimiz Frantsiya chempionatida oltita va Evropa Chempionlar ligasida ikkita bellashuvda maydonga tushdi.

Husanovning transfer summasi bugungi kunda 1,5 million evroga ko‘tarildi.

gettyimages-1821019449-2048x2048

Iste’dodli himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini ham boshladi. Abduqodir 2023 yilning 11 iyunidan beri ettita uchrashuvda qatnashdi. 19 yoshli himoyachi xalqaro maydondagi to‘rtta bahsda to‘liq harakat qildi.

Nihoyat, Fayzullaev muxlislar va mutaxassislarga murojaat yo‘lladi

Shomurodov yo‘q, O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi eng xavfli futbolchisi kim?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Imomali
02/01/2024 10:31
ESHAK. ESHAK Odamga uhshatib sarlavha quyidagi san asta asta sinyapsan sani hatong yolgʻon mish mish lar oldin un foiz edi hozir 60 foizga chiqdi kuzingni och BOLAM DEB IMOMALI Санников островах ШИМ муз..океани