Husanov Yevropa Chempionlar ligasida Mbappeni ortda qoldirdi
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov sprintda Kilian Mbappedan o‘zib ketdi.
Bir necha hafta avval Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichining eng tezkor futbolchilari reytingi tuzilgan edi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov 34,7 km/soat tezlik bilan ikkinchi pog‘onani band etgan edi. Abduqodir o‘sha ro‘yxatda faqatgina "Real Madrid" forvardi Kilian Mbappedan ortda qolgan edi. "Gradient Sports" portali ham YEChLning tezkor futbolchilari reytingini tuzib chiqdi. Bu safargi reytingda Husanov yetakchiga aylandi. U 35,8 km/soat tezlik qayd etdi. Ikkinchi pog‘onani Mbappe egalladi. Uning tezligi 35,67 km/soatni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, "Manchester Siti" YEChLda nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar