Husanov, Shomurodov va Fayzullaevning Janubiy Koreyaga qarshi o‘yini qanday baholandi?

  • 06.10.2026 20:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron va Suriya terma jamoalari ustidan qozonilgan g‘alabalardan keyin uchinchi o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi. 

Fabio Kannavaro shogirdlari Osiyo qit’asining eng kuchli terma jamoalaridan hisoblangan Janubiy Koreya futbolchilari bilan kuch sinashdi. 

Bu bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Janubiy Koreya tarkibida gollar mualliflari sifatida Son Hyon Min va O Se Hun qayd etildi. Raqib jamoaning eng mashhur futbolchisi Son Hyon Min uchrashuvning oltinchi daqiqasida jarima zarbasidan hisobni ochgan bo‘lsa, O Se Hun 60-daqiqada ikkinchi golni urdi.

Futbol bo‘yicha statistik ma’lumotlar taqdim etuvchi Flashscore portali Janubiy Koreya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi ishtirokchilariga baholar qo‘ydi. 

Flashscore talqiniga ko‘ra, uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Janubiy Koreya terma jamoasining chap qanot himoyachisi Cho Hyon-Txek bo‘ldi. U 7,9 ballik bahoga sazovor bo‘ldi va butun o‘yin davomida maydonda faol harakat qildi. 

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida eng yuqori baholardan biri vinger Abbosbek Fayzullaev hissasiga to‘g‘ri keldi — u 6,9 ball oldi. Futbolchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 83-daqiqada almashtirildi. 

O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng mashhur futbolchisi Abduqodir Husanov esa 6,8 ball bilan baholandi. U ham o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 83-daqiqada maydonni tark etdi. 

Terma jamoa sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov o‘zini ko‘rsata olmadi. Flashscore tomonidan tajribali hujumchiga 5,7 ball qo‘yildi. Hujumchi butun uchrashuvni maydonda o‘tkazdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!