Husanov va Gexining o‘yini qanday baholandi?

  • 24.01.2026 22:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasi 23-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" — "Vulverxempton" uchrashuvi "shaharliklar" foydasiga 2:0 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur bahsdagi gollar Omar Marmush va Antuan Semenyo tomonidan kiritildi. Ushbu bellashuvda legionarimiz Abduqodir Husanov maydonda to‘liq harakat qildi. E’tiborli ushbu bahsda Husanov jamoa safiga yaqinda kelib qo‘shilgan Mark Gexi bilan tandemda o‘ynadi.

Angliyalik himoyachi "Sofascore" tomonidan 7.4 ball, "Flashscore" — 7.7 ball, "WhoScored" — 7.4 ball va "FotMob" tomonidan 7.6 ball oldi.

Milliy terma jamoamiz a’zosining "bo‘rilar"ga qarshi uchrashuvda nufuzli analitik dasturlar tomonidan qo‘yilgan ballari bilan tanishing.

"Sofascore" — 7.4 ball, "Flashscore" — 7.5 ball, "Whoscored" — 7.4 ball va "FotMob" dasturi Husanovning o‘yini 7.7 ballga loyiq ko‘rdi.

Keyingi turda Pep Gvardiola shogirdlari "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!