Husanov yakkakurashlarda yuz foiz g‘olib chiqdi. Xorijda Abduqodir o‘yinigа baho berildi

  • 25.08.2026 07:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rising Stars XI xalqaro futbol loyihasi «Manchester Siti» safida to‘p surayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning «Bornmut»ga qarshi o‘yindagi ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. 

Husanov Angliya Premyer-ligasining 2026/2027 yildgi mavsumi birinchi turida to‘liq 90 daqiqa maydonda qoldi. «Manchester Siti» ushbu uchrashuvda o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida irodali g‘alabaga erishib, «Bornmut»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. 

O‘zbek himoyachisi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, oxirigacha faol o‘ynadi.

Rising Stars XI loyihasi 22 yoshli o‘zbek futbolchisining bir qator muhim statistik ko‘rsatkichlarini alohida e’tirof etdi. 

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Husanov butun uchrashuv davomida  90 ta uzatmaning 87 tasini aniq manziliga yetkazgan. U maydonning uchinchi qismiga 11 bor pas berib, hujumga katta hissa qo‘shga, to‘pga jami  96 marta tegingan. 

Shuningdek, barcha yerdagi kurashlarda ham, havodagi yakkakurashlarda ham raqiblaridan ustun kelib, 100 foiz duellarda g‘alaba qozongan. 

Himoyachi shu bilan birga jamoasi uchun olti marta to‘pni qaytarib olgan. Nashrda joylashtirilgan kartochkada Husanovning o‘yin uchun umumiy bahosi 7,7 ball etib ko‘rsatilgan.

Rising Stars XI ushbu chiqishini «yuksalayotgan yulduz» sifatida baholab, o‘z sahifasida alohida ta’kidlab o‘tdi.

Birinchi turdan so‘ng «Manchester Siti» uch ochko jamg‘arib, Premyer-liga jadvalida yettinchi o‘rinni egalab turibdi. «Bornmut» esa ochkosiz qolgan holda 13-pog‘onaga joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!