Husanovchi? Gvadiola tez orada “Siti”dan ko‘pchilik ketishini aytdi

  • 9 avgust, 22:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” 16 avgust kuni safarda “Vulverxempton”ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin bilan Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidagi yurishini boshlaydi.

Tecno

O‘tgan mavsumdagi inqirozdan keyin jamoa tarkibi jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutdi. “Shaharliklar” qishki va yozgi transferlar oynasi davrida o‘nga yaqin yangi ijrochilarni jamoaga qo‘shib oldi.

Endi Xosep Gvardiola boshchiligidagi murabbiy tarkibdagi o‘yinchilar orasidan eng kuchli va jamoaga keraklilarini saralab olib, tarkibning o‘zagini shakllantirib olishi talab etiladi.

Sport direktori Ugo Viana Xosep Gvardiola rejasiga kirmaydigan futbolchilar bilan birma bir xayrlasha boshladi. Yoshi o‘tib qolgan yulduzlardan Kevin de Bryuyne, Skott Karson, Kayl Uoker jamoani to‘liq tark etdi.

Vitor Reys “Jirona”ga ijaraga jo‘natildi. Asosiy tarkibga kirishi qiyin bo‘lgan yana bir necha yosh o‘yinchilar ijarasi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqdan. Bundan tashqari, bir necha mashhur charm to‘p ustalari ham o‘zlariga boshqa klublardan ish qidirayotgani sir emas.

Xosep Gvardiola yangi mavsum ostonasida tarkibdagi o‘yinchilar hali ham keragidan ko‘p ekaniga e’tiroz qildi. Ispaniyalik mutaxassis o‘tgan mavsum oxirida ham ayrim shogirdlari zaxirada uzoq o‘tirib qolayotgani va ularga o‘yin amaliyoti berishning imkoni bo‘lmayotganidan noligan edi.

Ayni paytda “Manchester Siti” asosiy jamoasida 31 nafar futbolchi shug‘ullanmoqda.   Bu Gvardiola uchun juda ko‘p. Tajribali mutaxassis ixcham tarkib bilan ishlashni xush ko‘radi.

-  Bizga ko‘pchilik kerak emas. Menga futbolchilarning to‘planib qolgani yoqmaydi. Ko‘p o‘yinchilar ketishi kerak.

Transfer bozori hali ochiq va faol, ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin. Hali vaqt bor va qanday yo‘l tutishimizni vaqt ko‘rsatadi. Imkon qadar yaxshi echim topishga harakat qilamiz, - dedi Xosep Gvardiola.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, darvozabon Shtefan Ortega, hujumkor futbolchilardan Jeyms MakEyti va Jek Grilish tez orada boshqa klublarga o‘tishi kutilyapti. Bulardan tashqari, yana bir necha tajribali futbolchilarga jiddiy xaridorlar chiqmoqda.

Yozgi transferlar oynasi boshida klub mutasaddilari Abduqodir Husanovni ham ijaraga jo‘natishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi. Keyinchalik Xosep Gvardiola yangi mavsumda o‘zbek futbolchisi xizmatidan foydalanishga qaror qildi. Buni bir necha nufuzli manbalar tasdiqladi.

- “Manchester Siti” 2025-2026 yilgi mavsumga bir necha markaziy himoyachilar bilan kirib boryapti. Gvardiola qo‘l ostida Ruben Diash va Yoshko Gvardiol himoya markazida o‘ynaydigan asosiy nomzodlar. Bu pozitsiyani yopishga tayyor bo‘lgan Abduqodir Husanov, Jon Stounz, Natan Ake va Manuel Akanji ham bor. Yosh himoyachi Vitor Reys “Jirona”ga jo‘natildi.

Tarkibdagi markaziy himoyachilardan Jon Stounz jamoadan ketmasligi haqida bayonot berdi. Klub rahbariyati Ruben Diash, Yoshko Gvardiol va Abduqodir Husanovni ham hech qaerga qo‘yib yubormaydi.  Natan Ake va Manuel Akanji kabi yoshi katta markaziy himoyachilarning bu yoz klubdan ketishi qiyin, chunki ularning xizmatiga qiziqish bildirayotgan xaridor yo‘q, - deb yozdi esteemedkompany.com portali eksperti Adam Marett.

Ta’kidlash joizki, Xosep Gvardiola mavsum davomida qaysi o‘yinchilardan foydalanishni chamalab bo‘lgan. Muhimi, ispaniyalik mutaxassis o‘zi ishongan futbolchilar orasida Abduqodir Husanovga ham imkoniyat berishni reja qilgan.

Husanov qancha olyapti? “Manchester Siti” futbolchilari maoshi e’lon qilindi

Gvardiola oxirgi tayyorgarlik o‘yiniga Husanovni chaqirdi!

Husanovni “Manchester Siti”ga joylagan mutaxassis ishdan ketdi!

Fayzullaev TsSKAdan ketganining asl sababi oshkor bo‘ldi

Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!