Husanovga bu ko‘rsatkich bo‘yicha hech qaysing yetolmaysan!

  • 05.05.2026 10:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Abduqodir Husanov Angliya Premier-ligasi futbolchilari oʻrtasida raqib futbolchilarining pasini kesish (“interceptions”) boʻyicha yetakchi hisoblanadi. 
 
Hamyurtimiz har oʻyinda oʻrtacha 2.30 ta uzatma berilgan paytda toʻp manzilga yetib bormasidan avval unga egalik qiladi. Uning eng yaxshi taʼqibchisi esa "Brentford" aʼzosi Vitali Jenilt. Germaniyalik oʻyinchi har bir toʻqnashuvda oʻrtacha 2.10 ta shunday foydali harakatlarni amalga oshiradi. 
 
Undan keyingi oʻrinlarni esa "Chelsi" va "Manchester Yunayted" oʻyinchilari egalab turishibdi. Moyzes Kaysedo va Manuel Ugarte oʻrtacha har bir oʻyinda 2.0 ta pasni toʻxtatib qoladi. 
 
Maʼlumot oʻrnida, kecha "Manchester Siti" "Everton" bilan jangovar 3:3 hisobidagi durangga imzo chekdi. Navbatdagi uchrashuvini esa 9 may kuni "Brentford"ga qarshi oʻtkazadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!