Husanovga ishonayotgan murabbiy mundialda qaysi terma jamoa yutishini aytdi

  • 12.04.2026 18:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Rossiya futboli tarixidagi eng kuchli murabbiylardan biri, Moskvаning “Lokomotiv” jamoasini uch karra mamlakat chempioniga aylantirgan  Yuriy Sёmin “Sport Ekspress” nashriga bergan intervyusida 2026 yildgi jahon chempionatida qaysi terma jamoalarga muxlislilik qilishini aytdi.

- Jahon chempionati oʻyinlarini toʻliq koʻrishni rejalashtiryapsizmi?

- Agar mundialga borsam, toʻliq koʻrishning iloji boʻlmaydi, chunki masofalar juda katta, buni 1994 yildgi jahon chempionatida Pavel Sadiringa Rossiya terma jamoasida yordam berganimdan yaxshi eslayman.

Hozir esa turnir hatto bitta emas, uchta mamlakatda oʻtkaziladi.

Agar bormasam, televizor orqali barcha muhim oʻyinlarni koʻraman. Hatto ular Moskva vaqti bilan tunda boʻlsa ham.

Nima ham qilardik, vaqtincha tunni kunga almashtiramiz!

- Jahon chempionatining asosiy favoriti qaysi terma jamoa, deb hisoblaysiz?

- Menimcha, ikki favorit borIspaniya va Argentina milliy terma jamoalari.

Men argentinaliklarga muxlislilik qilaman, ularning jamoasi menga yoqadi, yana Lionel Messi sabab ham shu jamoani kuzataman.

Bizning ligada ham argentinalik futbolchilar koʻp.

-  Agar Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionati oldidan bosh murabbiy almashtirganda Fabio Kannavaro oʻrniga sizni chaqirganida rozi boʻlarmidingiz? Tavakkal qilarmidingiz?

- Nega yoʻq deyishim kerak? Albatta rozi boʻlardim!

Men mundialda oʻzbeklarga ham muxlislilik qilaman. Ular bizning eng yaqin qoʻshnilarimiz va doʻstlarimiz.

Oʻzbekiston jahon chempionatida debut qilmoqda va guruhdan chiqish ular uchun katta yutuq boʻladi. Bu qiyin boʻlishi mumkin, lekin uddalasa boʻladigan masala.  

Buning uchun Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”da qanday oʻynayotganiga qarashning oʻzi kifoya.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatining “K” guruhidan joy olgan va pley-offga chiqish uchun Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi vakillari bilan raqobatlashadi.

Kvartetdagi Oʻzbekistondan boshqa barcha milliy terma jamoalar oʻz tarixida futbol olamining eng nufuzli musobaqasi hisoblangan jahon chempionatida ishtirok etgani bilan ajralib turadi.

Shomurodov ikki gol bilan kurashga qaytdi! Toʻpurarlar poygasida vaziyat qanday?

Husanov qoʻldan chiqdi, koʻzingiz qaerda edi?

Husanov oʻzidan tezkor futbolchi nomini aytdi

Evrokubokda oʻynaydigan klub oʻzbek futbolchisi transferini eʼlon qildi

Oʻzbekiston: Bu galgi raqib Argentina va Braziliyani qoʻrqitgan jamoa!

Husanov reytingda birinchi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!