Husanovga “Manchester Siti”dan munosabat keldi

  • 02.10.2026 07:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Istanbul Boshakshehir» o‘z maydonida «Galatasaray»ga qarshi Turkiya chempionatining to‘rtinchi tur uchrashuvini o‘tkazdi, deb xabar beradi Sports.kz.

Stambuldagi bellashuv tomoshabop gollarga boy o‘tib, 3:2 hisobida mehmonlar — «Galatasaray» foydasiga yakunlandi.

Hisob 16-daqiqada ochildi: «Galatasaray» hujumchisi Viktor Osimxen mezbonlar darvozasini ishg‘ol etdi. Ikkinchi bo‘lim boshlangach, faol o‘yin namoyish etgan o‘zbekistonlik forvard Eldor Shomurodov 66-daqiqada penalti­ni aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Lukas Torreya mehmonlarni yana oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada esa Davinson San­ches o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi va natija yana 2:2 bo‘lib qoldi. Uchrashuv taqdiri so‘nggi daqiqalarda hal bo‘ldi: 90-daqiqada Gabriyel Sara aniq zarba yo‘llab, amaldagi chempionga muhim g‘alabani ta’minladi.

Eldor Shomurodov butun o‘yinni maydonda o‘tkazdi. Uning o‘zbekistonlik jamoadoshi Abbosbek Fayzullaev esa 74-daqiqada zahiraga olindi.

To‘rt turdan so‘ng «Galatasaray» sakkiz ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Boshakshehir» esa besh ochko jam­g‘argan holda jadval o‘rta qismida joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!