Husanovga qiyin g‘alabadan keyin necha ball berildi?
Angliya Premier-ligasining uchinchi turi doirasidagi uchrashuvda «Manchester Siti» o‘z maydonida «Koventri Siti» ustidan minimal ustunlik bilan g‘alaba qozondi.
«Etihad-Stedium»da bo‘lib o‘tgan bellashuv mezbonlarning yagona goliga jamoaning eng zo‘r to‘purari Erling Holand mualliflik qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «shaharliklar» asosiy tarkibida maydonga tushdi va butun o‘yinni maydonda o‘tkazdi.
22 yoshli o‘zbek himoyachisi bosh murabbiy ko‘rsatmasiga ko‘ra, yana himoyaning o‘ng qanotidan joy oldi. U butun uchrashuv davomida faol harakat qildi, 79 pasdan 75 tasini aniq yetkazdi (95 foiz), to‘pga 92 marta tegdi va sakkizta yakkakurashda zafar quchdi.
Flashscore portali o‘zbekistonlik futbolchining o‘yini 7,1 ballga baholadi, bu esa ikki jamoa futbolchilari orasida 12-natija hisoblanadi.
«Manchester Siti» uchun ushbu g‘alaba Premier-liganing ilk uch turidagi uchinchi zafar bo‘ldi. Jamoa 9 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Premier-liga debutanti «Koventri Siti» esa uchta o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchrab, jadvalning eng quyi pog‘onasida joylashgan.
Abduqodir Husanov jamoaga bosh murabbiy sifatida Enco mareska kelganidan buyon ikki pozitsiya - o‘ng qanot va himoya markazida o‘ynayapti. Legionerimiz Angliya Premier-ligasida uchta va mamlakat Superkubogida bitta o‘yin o‘tkazdi. Barcha uchrashuvlarni Abduqodir boshlang‘ich tarkibda boshladi.

Fikrlar