Husanovga qiyin o‘yinda necha ball qo‘yildi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning Angliya Premier-ligasi doirasida «Manchester Siti»ning «Ipsvich»ga qarshi uy uchrashuvida ishtirok etdi. 22 yoshli futbolchining o‘yini Flashscore tomonidan baholandi.
Husanov maydonga 77-daqiqada zahiradan tushirildi va uchrashuv oxirigacha to‘p surdi. O‘zbek himoyachisi jarohat olgan Mateush Nunyesh o‘rnini egalladi va himoyaning shng qanotida to‘p tepdi.
Statistik platforma uning harakatlarini 6,4 ballga baholadi. Huddi shu ko‘rsatkichga darvozabon Janluiji Donnarumma hamda himoyachi Niko O’Rayli ham ega bo‘ldi.
Jamoa tarkibidagi eng past bahoni Antuan Semenyo oldi — 6,3 ball. U ham Husanov kabi 77-daqiqada o‘yinga qo‘shilgandi. Biroq tajribali futbolchi o‘yinga yetarli darajada ta’sir o‘tkaza olmadi.
Flashscore talqiniga ko‘ra, uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi ikkita gol urgan Erling Holand bo‘ldi. U 9,3 ball to‘pladi. Mateo Kovachich va Fil Foden esa 8,4 balldan qayd etdi.
Uchrashuv «Manchester Siti»ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida gollar mualliflari: Fil Foden — 19-daqiqada, Erling Holand — 34 va 69-daqiqalar.
«Ipsvich» tarkibida Daydzen Maeda 21-daqiqada o‘z jamoasiga gol urib berdi, Zian Flemming esa 90-daqiqada penal’tini aniq amalga oshirdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Siti» 21 ochko bilan Premier-liga turnir jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qolmoqda. «Ipsvich» esa to‘plagan 9 ochkosi bilan hozircha o‘ninchi pog‘onada joylashgan.

Fikrlar