Husanovni muxlislar olqishlar bilan kuzatib qo‘ydi
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov jamoadoshlari Vitor Reis va Allan bilan birga maydonni «Manchester Siti» muxlislarining olqishlari ostida tark etdi. Bu uchlik «Norvich» ustidan qo‘lga kiritilgan yirik g‘alabadan so‘ng alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
«Manchester Siti» futbolchilari «Etihad» stadionida o‘tgan Angliya liga kubogining uchinchi bosqich bahsida «Norvich» darvozasini 5:0 hisobida ishg‘ol etdi.
Husanov ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. U markaziy himoya chizig‘ida Vitor Reis bilan birga o‘ynadi.
Uchrashuv yakunlovchi hakam qarichasi chalingach, stadionda to‘plangan tomoshabinlar jamoa o‘yinchilarini qo‘l chalishlar bilan kuzatib qo‘yishdi. Ayrim «Manchester Siti» muxlislari esa alohida tarzda Husanovning ismini baralla aytib, unga bo‘lgan hurmat va mehrlarini namoyon qilishdi.
O‘zbek himoyachisi qisqa vaqt ichidayoq mahalliy muxlislar sevimlisiga aylandi. Klubning rasmiy sayti qayd etishicha, «Etihad» tribunalarida o‘yin paytida Husanov sharafiga bir ovozdan «Xuuuuus» degan qichqiriqlar tez-tez yangrab turibdi.

Fikrlar