Husanovning narxi 50 million evroga ko‘tariladi!

  • 13 oktabr, 2024, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Abduqodir Husanov ayni paytda “Lans”ning eng yaxshi o‘yinchisi hisoblanadi. Frantsiya futbolini yoritayotgan aksariyat manbalar o‘z obunachilari o‘rtasida turli uchrashuvlarda “Lans”ning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnomalar tashkil etishi an’anaga aylangan.

Bu so‘rovnomalarning aksariyatida frantsiyalik futbol ishqibozlari o‘zbek legionerining o‘yiniga yuqori baho bermoqda.

Xususan, allezlens.fr sayti tashkil etgan so‘rovnomalarda 20 yoshli markaziy himoyachimiz “Nitstsa” va “Strasbur” jamoalariga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarning eng yaxshi o‘yinchi sifatida eng ko‘p ovoz to‘plagan edi.

Bundan tashqari, lensois.com portali o‘quvchilari Abduqodir Husanovni sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etdi.

Aksariyat ekspertlar legionerimizning o‘yini tobora kuchayib borayotganini ta’kidlashmoqda. Ular orasida Abduqodir Husanovni “Lans” tarixidagi eng mashhur o‘yinchilardan Rafael  Varanga qiyoslayotganlar ham yo‘q emas.

Ta’kidlash joizki, “Lans”dan etishib chiqqan Rafael Varan huddi Abduqodir Husanov singari markaziy himoyachi hisoblangan va yulduzli davrlarini “Real” hamda “Manchester Yunayted” kabi grand klublarda o‘tkazgan.         

- Yosh o‘zbek futbolchisi maydondagi kurashlarda o‘zining mahoratini namoyish etib kelmoqda. “Lans” bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega markaziy himoyachi shu darajada o‘ynashni davom ettirsa, hali uning transfer bahosi 50 million evroga ko‘tarilishi kutilyapti, - deb yozdi allezlens.fr sayti.

 E’tiborli jihati shundaki, Frantsiyaga olib kelinganida atigi 400 ming evroga baholangan Abduqodir Husanovning transfer summasi bir yil ichida bir necha baravar oshib ketdi.

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali ekspertlari kuni kecha Husanovning transfer summasi bugungi kunda 5 million evroga ko‘tarilganini qayd etdi.

Legionerimizning yangi mavsumda har jihatdan o‘sishga erishayotganini boshqa manbalar ham e’tirof etmoqda.

- Abduqodir Husanov O‘zbekistonning kuch-qudrati. “Lans” endi Kevin Dansoning ketishidan cho‘chimasa ham bo‘ladi. Avstriyalik markaziy himoyachi qishda ketadigan bo‘lsa ham, uning o‘rnini to‘liq bosa oladigan Abduqodir Husanov bor.

Ayni paytda “Lans” himoyasi markazida ikki yonida Jonatan Gradit va Fakundo Medina bilan birga o‘ynayotgan o‘zbek legoneri yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zining jismoniy kuch-quvvati, chidamliligi, xotirjamligi bilan hammani hayratga solmoqda.

Ayniqsa, u bilan elkama-elka to‘qnash kelganlar tishi yoki elkasini sindirishi mumkin. Buni bir bor to‘qnash kelgan “Nitstsa” o‘yinchisi Ali Abdi tasdiqlashi mumkin.

Bu mavsumdan e’tiboran, o‘zbek futbolchisi taktik jihatdan ancha o‘sdi. Boshqa himoyachilar, xususan, “Chelsi”dan kelgan Malang Sarrni hafa qilmagan holda Abduqodir Husanov “Lans”ning eng yaxshi o‘yinchisiga aylanib borayotganini tan olishimiz, ular esa, jamoadagi kelajaklari haqida o‘ylab ko‘rishlarini ta’kidlashimiz kerak, - deb yozdi jeunesfooteux.com sayti eksperti Loik Jego.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2023 yilning yozidan beri “Lans” o‘yinchisi hisoblanadi. Futbol sir-asrorlarini “Bunyodkor” akademiyasida o‘rgangan iste’dodli futbolchimiz professional faoliyatini Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida boshlagan.

O‘zbekiston kuchlimi yoki Qozog‘iston yoxud terma jamoasi kuchiga qanday baho berishdi?

O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqish sharti aytildi

Husanov Evropada transfer qarashlarini o‘zgartirdi

Shomurodov gol urmasa bo‘lmaydi...

Fayzullaev Evropaga ketsin!
Shomurodov va 178 nafar futbolchi bo‘yicha ma’lumot chiqdi
Husanov “Lans”ni Frantsiyada birinchi, Evropada to‘rtinchi o‘ringa ko‘tardi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Billroth Hospitals
12/10/2024 04:22
Siz buyrak sotib olmoqchimisiz yoki buyragingizni sotmoqchimisiz? Moliyaviy inqiroz tufayli buyragingizni pulga sotish imkoniyatini qidiryapsizmi va nima qilishni bilmayapsizmi, bugun biz bilan bog'laning va biz sizga hayotingiz va tibbiy sug'urtangizni hisobga olgan holda 500 000 AQSh dollari miqdoridagi yaxshi pul taklif qilamiz. Buyrak. Mening ismim DOKTOR T. MAXWELL, Billrot kasalxonasida xalqaro nevrolog maslahatchisi. Bizning klinikamiz Buyrak va boshqa jarrohlik bo'yicha ixtisoslashgan va biz tirik va mos keladigan donor bilan buyraklarni sotib olish va transplantatsiya qilish bilan shug'ullanamiz. Biz Singapur, Turkiya, AQSh, Malayziya, Hindiston, Germaniyada joylashganmiz.

Agar siz buyraklarni sotish yoki sotib olishni xohlasangiz, iltimos, biz bilan bog'lanishdan tortinmang,

Elektron pochta: billrothhospital54@gmail.com
Whats-app raqami: +393512676198
Viber: +393512676198



Eng yaxshi ezgu tilaklar bilan,
DR G. MAXWELL.
Xalqaro tibbiy maslahatchi.PHD.CDC