Husanovning raqobatchisi “Real”ga ketadigan bo‘ldi
Portugaliya milliy terma jamoasi va “Manchester Siti»”markaziy himoyachisi Ruben Diash yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Bu haqida El Debate nashri jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi “Real Madrid”ga o‘tishga qaror qilgan. Avvalroq “Qirollik klubi”ning portugaliyalik himoyachiga qiziqishi haqida xabarlar chiqqan edi.
29 yoshli futbolchining “Manchester Siti” bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtasigacha amal qiladi. Uning bozor qiymati 60 million yevro deb baholanmoqda.
O‘tgan Angliya Premier-ligasi mavsumida Diash 26 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Fikrlar