Husanovning raqobatchisi “Real”ga o‘tishni ma’qul ko‘rdi
“Manchester Siti” markaziy himoyasida Abduqodir Husonovning to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi hisoblangan Ruben Diash kelajakda Ispaniya chempionatida to‘p surishi mumkin.
Jurnalist Mario Kortegananing ma’lum qilishicha, portugaliyalik himoyachiga “Real” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Futbolchi ushbu yozda madridliklar safiga qo‘shilish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, “Manchester Siti” uni jamoada saqlab qolishni xohlaydi.
Diash 2020 yilda “Benfika”dan 71 million yevro evaziga “shaharliklar” jamoasiga kelib qo‘shilgan. Uning shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar