Husanovning reytingi keskin oshadigan bo‘ldi

  • 23.08.2026 10:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov EA SPORTS FC 27 futbol simulyatori yangi versiyasida o‘z reytingi oshishi kutilgan futbolchilar qatoriga kirdi. 

Bu haqida FC Tools Hub ekspertlari xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli o‘zbek himoyachisining umumiy reytingi o‘yinning yangi qismida 82 balldan boshlanadi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi versiyaga nisbatan bir vaqtning o‘zida 5 punktga oshishi kutilyapti.

«Manchester Siti»ning misrlik hujumchisi Umar Marmush ham Abduqodir Husanov bilan bir xil reytingga  ega bo‘ladi. 

Jamoada eng yuqori ko‘rsatkichga ega futbolchi sifatida esa 91 ball reyting va +1 potensial bilan hujumchi Erling Holand qayd etilgan.

Abduqodir Husanov markaziy himoyachi sifatida maydonga tushadi va mutaxassislar tomonidan Osiyo futbolidagi eng istiqbolli yosh futbolchilardan biri sifatida baholanmoqda. U «Manchester Siti» safiga 2025 yilning yanvar oyida fransuz klubi «Lans»dan 40 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Abduqodir Husanov manchesterliklar safidagi faoliyati davomida ikkita sovringa ega bo‘ldi. Legionerimiz o‘tgan mavsum angliya kubogi va Angliya ligasi kubogida g‘olib chiqib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.  

Shu bilan birga, tarqalgan reytinglar hali rasmiy maqomda emasligi va tasdiqlanishi kutilayotgani ta’kidlanmoqda. Ularning qiymati o‘yinning yakuniy versiyasi chiqqanigacha o‘zgarishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!