Husanovning sobiq jamoasi tarixiy ishga qo‘l urdi

  • 23.05.2026 08:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ilgari Abduqodir Husanov o‘ynagan “Lans”ning mashhur futbolchisi Florian Toven Frantsiya kubogi finalida jamoasiga g‘alaba keltirdi.

“Lans” futbolchilari klub tarixida ilk bor Frantsiya kubogini qo‘lga kiritib, klub solnomasidan joy oldi.

Bir necha haftadan beri inqirozga uchrab, chorasiz ahvolda qolgan “Nitsa”ga qarshi final o‘yinda arturiyaliklar yaqqol ustunlik bilan o‘ynadi. Buning ustiga, “Stad de Frans” stadionining 75 foizini aynan “Lans” muxlislari to‘ldirib turishgan edi.

​Maydondagi ustunlikdan so‘ng, o‘yinning o‘ttizinchi daqiqalarida Florian Toven hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 2018 yildagi jahon chempioni jamoadoshi Matyo Udol tomonidan qanotdan yetkazib berilgan to‘pni ajoyib tarzda qabul qilib oldi, “Nitsa”  himoyachisi Hishom Budauvni ortda qoldirdi va darvozabon Maksim Dyupeni chiroyli aylama zarba bilan dog‘da qoldirdi.

Goldan so‘ng quvonchi ichiga sig‘magan Toven stadion bo‘ylab yugurib, qo‘llarini ikki yonga yozgacha o‘z muxlislari qarshisida golni nishonladi.

“Marsel” sobiq yulduzi uchun bu juda ajoyib lahza bo‘ldi, negaki u 33 yoshida o‘z faoliyatidagi eng yorqin va eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!