Husanovning transferi Evropadagi top-xabarlar qatoriga kirdi

  • 29.09.2026 06:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» atrofidagi ayblovlardan so‘ng klub ichidagi vaziyat keskinlashgani, futbolchilarga bosim kuchaygani va bir qator yetakchilar jamoani tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar ko‘paydi. Yevropa futbol bozorida esa shu kunlarda yana bir qator qiziqarli transfer xabarlari muhokama qilinmoqda.

Yevropadagi eng ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan transfer xabarlari bilan tanishing.

«Barselona»da ehtimoliy yo‘qotish

SPORT nashrining yozishicha, «Barselona» o‘zining fransuz himoyachisi Jül Kunde bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Kataloniya klubi futbolchini kamida 50 million yevro evaziga sotishni rejalashtirmoqda. Kundega allaqachon Angliya Premer-ligasining uchta, nomi oshkor etilmagan klubi va bir yildan beri uni kuzatib kelayotgan Myunxenning «Bavariya» qiziqish bildirgan.

Jül asosiy tarkibdagi o‘rnini Erik Garsiya yaxshi formaga kirganidan so‘ng yo‘qotdi. Shunga qaramay, futbolchining «Barsa» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Mourinyo Van Deykni «Real»da ko‘rmoqchi

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo Madridning «Real» klubi rahbariyatidan 35 yoshli gollandiyalik himoyachi Virjil Van Deykni jamoaga olib kelish imkoniyatini jiddiy o‘rganishni so‘ragani xabar qilinmoqda. Bu haqida Fichajes manbasi ma’lum berdi.

Virjilning «Liverpul» bilan shartnomasi kelasi yozda nihoyasiga yetadi. Hozircha «qizillar» yangi kelishuv taklif qilishga shoshilmayapti. Qoidalarga ko‘ra, qishki transfer oynasidan boshlab futbolchi istalgan klub bilan erkin ravishda oldindan shartnoma imzolashi mumkin bo‘ladi.

Jurnalist Karlo Pellegatti ma’lumoticha, Van Deyk uchun kurashga «Milan» ham qo‘shilishga tayyor. Klub uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni juda istamoqda va Seriya Ani futbolchi karerasini davom ettirish uchun ideal chempionat deb hisoblamoqda. Ruben Amorim ham bu transferga qarshi emasligi aytilmoqda.

O‘zbekiston yulduzi Husanov yangi jamoa tanlaydimi?

Londondagi «Chelsi» klubi «Manchester Siti» tarkibida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovni yaqinidan kuzatmoqda. 

Bu haqida CaughtOffside nashri va jurnalist Sebastyan Vidal xabar berdi. Futbolchiga Angliya premer-ligasining «Aston Villa», «Everton», «Bornmut» kabi boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda.

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso himoya chizig‘ini kuchaytirishni istamoqda va shu bois londonliklar bir qator nomzodlarni o‘rganib boshlagan. Ular orasida Husanov favoritlardan hisoblanadi. 

Klub 22 yoshli Abduqodirdan tashqari klub «Kristal Pэlas» yarim himoyachisi Adam Uorton va «Bornmut» futbolchisi Aleks Skottga  ham qiziqmoqda.

Xoland uchun kutilmagan da’vogar

Erling Xoland atrofidagi vaziyatni Madridning «Real» klubi ham diqqat bilan kuzatib borayotgani taxmin qilinadi. Biroq norvegiyalik hujumchiga yana bir jiddiy da’vogar paydo bo‘ldi. 

Fichajes ma’lumoticha, «Bavariya» kelgusi yillarda Harri Keyn o‘rnini bosish uchun aynan Xolandni asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Germaniya klubi norvegiyalik forvardni yana Bundesligaga qaytarishga urin sa, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Shunga qaramay, myunxenliklar «Manchester Siti»ga qo‘yilgan ayblovlar fonida uning kelajagini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. Transfermarkt portali Xolandning bozor qiymatini 220 million yevro atrofida baholamoqda.

«Barsa» hujum chizig‘i uchun braziliyalik iqtidor

Kataloniyada hujumni kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida Londondagi «Chelsi» klubi vingeri Estevao ko‘rilmoqda. Bu haqida SPORT va Footmercato manbalari xabar tarqatdi.

19 yoshli braziliyalik futbolchi «Chelsi»da o‘yin amaliyoti yetishmayotganidan norozi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar hisobga olinganda jami 167 daqiqa maydonga tushgan, xolos. «Barselona» sport direktori Deku uning holati haqida ishonchli ma’lumotlarga ega va klub Londondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Estevao o‘tgan yozda «Palmeiras»dan «Chelsi» safiga 45 million yevro evaziga qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsumda 36 o‘yinda maydonga tushib, 1682 daqiqa ichida 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt uning qiymatini 80 million yevro deb baholamoqda.

Ikki ingliz futbolchisi «Milan»ni tark etadi

La Gazzetta dello Sport ma’lumoticha, mavsum yakunlanishi bilan «Milan» tarkibini ikki ingliz futbolchisi – yarim himoyachi Ruben Loftus-Chik va himoyachi Fikayo Tomori tark etishi kutilmoqda. Ikkalasining ham shartnomalari tugayotganligi sababli ular klubni erkin agent sifatida tashlab ketadi.

30 yoshli Ruben Loftus-Chik 2023 yil yozida «Chelsi»dan «rossoneri» safiga 18,9 million yevro evaziga kelgan edi. Fikayo Tomori esa 2021 yil yozida, yana shu londonlik klubdan 35,3 million yevro evaziga sotib olingan. Hozirgi kunda Loftus-Chikning bozor qiymati taxminan 8,5 million yevro, Tomoriniki esa 10 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!