Hushyor bo‘ling, bu futbolchi “Siti”ga o‘tib ketmasin!

  • 01.09.2026 17:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Lill” klubining 21 yoshli hujumchisi Matias Fernandez-Pardo faoliyatini Angliya va Ispaniya chempionatlarida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.

Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Madriddning “Atletiko” klubi iste’dodli hujumchi uchun fransuz klubiga 35 million yevro taklif qilgan. Ispanlar iqtidorli futbolchini “Manchester Siti” yoki “Tottenxem”ga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

Qayd etilishicha, “matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeone Fernandez-Pardoni jamoasida ko‘rishni shaxsan xohlamoqda. Shu bilan birga, belgilaylik futbolchining ehtimoliy transferi Xulian Al’varesning kelajagiga hech qanday aloqador emasligi ta’kidlangan.

Ayni paytda “Lill” hujumchi bilan xayrlashishga shoshilmayapti. Frantsiya klubi yaqinda Ayub Buaddi uchun “Manchester Siti”dan 100 million yevrodan ortiq mablag‘ oldi. Klub qolgan futbolchilarini saqlab qolib, yangi mavsumda yuqori o‘rinlar uchun kurashishni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!