Husniddin Aliqulovning jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi
Husniddin Aliqulovning jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
"O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov jarohat sabab safdan chiqqanidan xabaringiz bor.
Futbolchimiz Italiya poytaxti Rim shahridagi “Villa Stuart” klinikasida taniqli jarrohlardan biri — Pier Paolo Marianini tomonidan operatsiya qilindi. Aliqulov ayni paytda o‘zini yaxshi his qilmoqda va tez orada reabilitatsiya jarayonini boshlaydi.
Futbolchimiz tez orada sog‘ayib, safga qaytishini tilab qolamiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar