Ian Garri: "77 kg da chempion bo‘lgan birinchi braziliyalik bo‘laman"
Irlandiyalik UFC jangchisi Ian Garri 77 kg vazn toifasida birinchi braziliyalik chempioni bo‘lishga va’da berdi.
"Braziliya, senda hech qachon yarim o‘rta vaznda UFC chempioni bo‘lmagan. Men Belal Muhammadni mag‘lub etib, Islom Maxachevga qarshi oktagonga chiqaman va undan kamarni tortib olaman!" - deya irlandning so‘zlarini keltirdi "AgFighting".
Eslatib o‘tamiz, Garri uzoq vaqtdan beri Charlmz Oliveyra ham shug‘ullanadigan "Chute Boxe" akademiyasida yashab, mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Fikrlar