Ian Garri: "Hozir faqat bitta jang meni qiziqtiradi"

  • 08.09.2026 18:15
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Agar Islom Maxachev keyingi jangida Karlos Pratesga qarshi yarim o‘rta vazndagi UFC kamarini himoya qilsa, Ian Garri mag‘lubiyatni bilmay kelayotgan Maykl Morales bilan oktagonga chiqishdan ma’no ko‘rmoqda.

"Hozir faqat bitta jang meni qiziqtiradi. Bu Maykl Morales bilan to‘qnashuv. Uni mag‘lub etganimda, Islom bilan revanshga loyiq yagona odam men bo‘laman", - dedi irlandiyalik sportchi "Eze Talks Sports"ga bergan intervyusida. 

Eslatib o‘tamiz, Maxachev "UFC 330" turnirida  Garridan hakamlarnig yakdil qaroriga ko‘ra ustun keldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!