IBA Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ustidan Shveytsariya Federal Oliy sudiga shikoyat qildi
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Shveytsariya Federal Oliy sudiga Sport arbitraj sudi (CAS)ning Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ) IBA’ni boksning qonuniy boshqaruv organi sifatida tan olinishini bekor qilish haqidagi qarorini o‘z kuchida qoldirgan qarori ustidan shikoyat qildi.
“Biz CAS qonunni buzganiga aminmiz va shuning uchun XOQ qaroriga qarshi apellyatsiyamizni asosli ravishda rad eta olmaydi. So‘nggi yillarda tashkilotimiz sportdagi shaffoflik va boshqaruv standartlarini takomillashtirish, XOQ tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga qanday qilib eng to‘g‘ri yo‘l orqali erishish bo‘yicha mustaqil ekspertlarni jalb qilish borasida sezilarli yutuqlarga erishdi. Bizning fikrimizcha, CAS’ning qabul qilgan qarorida ushbu harakatlarimiz etarlicha hisobga olinmagan”, — deyiladi IBA rasmiy saytida.

Fikrlar