
IBF Baxram Murtazaliev va Jermell Charlo jangiga buyruq berdi
Birinchi o‘rta vazn toifasida WBC, WBA, IBF chempioni Jermell Charlo (35-2-1,19KO) Saul "Kanelo" Alvares (60-2-2,39 KO)qarshi ikkinchi o‘rta vazndagi muvaffaqiyatsiz jangidan so‘ng o‘zining divizionida birinchi raqamli Bahram Murtazalievga (21-0,15 KO) qarshi jangda IBF chempionlik kamarini majburiy himoya qilishi kerak bo‘ladi.
BoxingScene xabariga ko‘ra, IBF avvaliga chempiondan shu haftaning chorshanba kunigacha birinchi o‘rta vazn toifasiga qaytishini tasdiqlashni talab qilgan, so‘ngra Murtazalievga qarshi jang tayinlagan va boks jamoalariga muzokara o‘tkazish uchun 30 kun muhlat bergan. 30 yoshli rossiyalik bokschi Baxram Murtazaliev 2019 yilning noyabr oyida majburiy raqibga aylangan.
O‘tgan yili WBO birinchi bo‘lib, Charlodan majburiy himoyani talab qildi, ammo amerikalik Alvares bilan jang uchun Tim Tszyu bilan jangdan bosh tortdi va allaqachon unvonlaridan birini yo‘qotib qo‘ydi.
Agar u IBF chempionligini himoya qilishdan bosh tortsa, Murtazaliev vakant chempionlik uchun jangda ikkinchi raqamli Jek Kulkey bilan uchrashadi.
Ma’lumot uchun, Baxram Murtazaliev o‘z vaqtida o‘zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo‘latov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borgan.
Fikrlar