
Ibragimovich 27 dekabrgacha "Milan"ga o‘z javobini aytishi kerak, aks holda...
Italiyaning "Milan" klubi shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "rossonerilar" 38 yoshli futbolchiga yangi taklif yuborishgan. Ular Zlatandan 27 dekabrga qadar javob kutishadi, aks holda "Milan" o‘ziga boshqa hujumchi qidirib ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovichga shuningdek “Everton”dan ham qiziqishlar mavjud. Uning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi bilan amaldagi shartnomasi 31 dekabr kuni o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar