Ibragimovich bugun maydonga tushadi (FOTO)
"Milan" klubi forvardi Zlatan Ibragimovichni bugun yana maydonda ko‘rishimiz mumkin.
Ayni damda Shvetsiyada bo‘lib turgan 38 yoshli futbolchi "Xammarbyu" klubi safida shug‘ullanmoqda. Aytish kerakki, Zlatan ushbu jamoa aktsiyadorlaridan biri hisoblanadi.
"Xammarbyu" klubi bugun "IK Frey" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. Ibragimovich bu haqda o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida e’lon qildi.
Xabaringiz bor koronavirus pandemiyasi tuafayli A Seriyada mavsum noma’lum muddatga to‘xtatilgan.
Fikrlar