Ibragimovich diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. U raqibining yuz suyagini sindirdi

  • 23 iyul, 2019, 17:21
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Los-Anjeles Gelaksi" xujumchisi Zlatan Ibragimovich yaqin vaqtlar ichida diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Sababi, 37 yoshli forvard MLS chempionati bahsida raqib futbolchisi Moxammad El Munirga qo‘pol o‘yin ko‘rsatdi.

Tecno

Havodagi to‘p uchun kurashda shvetsiyalik xujumchi tirsagi bilan raqibiga zarba bergan. Natijada, 27 yoshli liviyalik futbolchida suyak sinishi aniqlandi.

2017 yil Zlatan shunga o‘xshash vaziyat uchun diskvalifikatsiya qilingandi. U paytlar futbolchi MYu a’zosi edi. "Bornmut" ximoyachisi Tayron Mingsga tirsagi bilan zarba berganligi uchun 3 ta o‘yinga chetlatilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, MLS chempionatining so‘nggi tur uchrashuvida Ibragimovich xet-trik qildi. Ushbu mavsum 37 yoshli forvard 15 ta gol urishga ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!