Ibragimovich EChL qaydnomasiga kiritilmagani haqida: O‘zimni keraksizdek his qildim, ammo keyin...

  • 22 mart, 2023, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum “Milan” uchun Chempionlar ligasi muvaffaqiyatliroq kechmoqda. “Rossonerilar” nimchorak finalda “Tottenxem”ni mag‘lubiyatga uchratdi va klublar o‘rtasidagi qit’aning eng nufuzli musobaqasida chorak finalga yo‘l oldi.

Tecno

Biroq Zlatan Ibragimovich Chempionlar ligasida maydonga tusha olmaydi. Chunki “Milan” uni musobaqa qaydnomasiga kiritmagan. Shvetsiyalik forvard bu nima uchun sodir bo‘lganini quyidagicha izohladi:

“Qaydnoma shakllantirilganda o‘zimni umuman keraksizdek his qildim. Ammo o‘n kundan keyin men qayta tug‘ildim”, - dedi 41 yoshli shvetsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" EChL chorak finiladi "Napoli"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!