Ibragimovich JCh-2026 finalidagi mushlashuv haqida: Paradesni omadi bor ekan, maydonda menga o‘xshagan futbolchi yo‘q edi

  • 21.07.2026 20:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shvetsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Zlatan Ibragimovich JCh-2026 finalida sodir bo‘lgan mojaro va unga bog‘liq holatlar yuzasidan o‘z fikrini bildirdi. Qayd etish kerak, hal qiluvchi bahsda Argentina Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Uchrashuv yakunida maydonda Leandro Paredes ishtirokida janjal kelib chiqqan.

Finaldan so‘ng argentinalik yarim himoyachi avvalo Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Erik Garsiyaning bo‘ynidan qattiq ushlab, unga nisbatan tajovuzkor harakat qildi. Keyin esa jamoadoshini himoya qilishga urinigan yarim himoyachi Gaviga ham jismoniy ta’sir o‘tkazdi. Bu holat ikki jamoa o‘yinchilari o‘rtasidagi tortishuvni kuchaytirdi.

«Paredes o‘zini omadli deb hisoblashi mumkin, chunki maydonda men kabi o‘yinchi yo‘q edi. Agar o‘sha yerda bo‘lganimda, uni boshim bilan urib, qizil kartochka olgan bo‘lardim. Bu uning tomonidan mutlaqo noprofessional xulq-atvor», — deya ta’kidladi Ibragimovich.

U shuningdek ispaniyalik futbolchilarning reaktsiyasidan ham norozilik bildirdi: «Ispaniya o‘yinchilari nima qilayotganini tushunmayman. Ular shunchaki turib, boshqa bir futbolchi jamoadoshini urayotganini tomosha qilishdimi?» — dedi Zlatan Fox Sports efirida.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioni bo‘ldi. Argentina esa kumush medallar bilan kifoyalandi. Janubiy Amerika vakili shu paytga qadar uch marta jahon chempioni bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
21/07/2026 22:24
кони кайнок испанлар ростдан уз жамоадошини калтак ейишини кандок томоша килишди?
Baxil Alihuja
21/07/2026 22:21
ха, бу жужахуроз пирадисни ростдан хам омади бор экан!
олган кизили хам бекор булди?
яна бу жужача ковургаси дарзи билан уйнаган эмиш? узини оклаш учун бахона