
Ibragimovich: Men boshlagan ishimni yakunlash uchun qaytdim (video)
Shvetsiyalik 35 yoshli forvard Zlatan Ibragimovich rasman "Manchester Yunayted"ga qaytgani munosabati bilan o‘zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasiga vidoerolik joylashtirdi va unga quyidagicha izoh qoldirdi:
"Men boshlagan ishimni yakunlash uchun qaytdim".
Eslatib o‘tamiz, ayni damda olgan jarohatidan forig‘ bo‘lish arafasida turgan Ibragimovich bundan bir necha kun muqaddam MYu bilan bir yillik shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar