Ibragimovich: Messi futbolchilar bilan emas, haykallar bilan o‘ynamoqda
Xabaringiz bor, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan PSJ hamda "Inter Mayami" jamoalari o‘rtasidagi bahsda parijliklar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, AQSh klubini turnirdan chiqarib yubordi. Bellashuvdan so‘ng Messi bilan ma’lum bir vaqt birga to‘p surgan Zlatan Ibragimovich argentinalik yulduzning jamoadoshlarini tanqid qildi.
"Lionel Messi yutqazgani yo‘q, "Inter Mayami" yutqazdi! Messi futbolchilar bilan emas, haykallar bilan o‘ynamoqda. Atrofidagi futbolchilar xuddi orqasida tsement to‘la xalta ko‘targandek yugurishadi. Agar u haqiqiy va kuchli jamoalardan birida o‘ynaganida, biz asl Messini ko‘rgan bo‘lardik. Leo futbolni yaxshi ko‘rgani uchungina hali ham o‘ynayapti. U hozir ham futbolchilarning 99 foizi uddalay olmaydigan ishlarni qila oladi. "Inter Mayami"da na murabbiy bor, na yulduzlar, hatto to‘psiz harakatlanishni biladigan futbolchilar ham yo‘q. Agar siz uni haqiqiy bir jamoaga qo‘ysangiz, u barchasini er bilan yakson qiladi", - dedi sobiq futbolchi.
Fikrlar