
Ibragimovich MLSda jiddiy jazodan qutulib qoldi
"Los-Andjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich jiddiy jazodan qutulib qoldi.
Eslatib o‘tish lozimki, 36 yoshli shvetsiyalik futbolchi MLSning "Los-Andjeles"ga (3:2) qarshi o‘yinida tirsagi bilan raqib futbolchisining yuziga kuchli zarba bergan edi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Ibragimovich bu safar faqatgina ogohlantirish bilan qutulgan. Biroq, jarohatlangan futbolchi esa kamida bir oy davolanishiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich joriy mavsum MLSda 17ta uchrashuvda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 16ta gol urishga erishdi.
Fikrlar