Ibragimovich muhim qarorni qabul qildi
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich “Evro-2020”da ishtirok etmaydi. Bu haqda Shvetsiya futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi Shvetsiya terma jamoasi murabbiylariga jarohati sabab qit’a chempionatida o‘ynay olmasligini ma’lum qilgan.
Ibragimovich 9 may kuni “Yuventus”ga (3:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgan va ikkinchi bo‘limda zaxiraga olingan edi. Zlatan shuningdek, A Seriyaning qolgan ikki turida ham “rossonerilar”ga yordam bera olmaydi.
Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasidagi faoliyatini 2016 yilda yakunlagan edi. Ammo joriy yilning mart oyida yana terma jamoaga qaytdi.
Zalatan mamlakat terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Uning hisobida 62 ta gol bor.
Fikrlar