
Ibragimovich "Napoli"ga o‘tishga tayyorligini bildirdi
"Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Napoli"ga o‘tishga tayyorligini bildirdi.
“Karlo, agar senga yordamim kerak bo‘lsa, men “Napoli”ga o‘tishga tayyorman”, - deb aytgan 37 yoshli shvetsiyalik futbolchi La Repubblica nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Anchelotti va Ibragimovich 2012/13 yilgi mavsumda PSJda birga faoliyat olib borishgan.
Fikrlar