
Ibragimovich va Lukaku jazolandi
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich va “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku Italiya kubogi 1/4 final uchrashuvida sodir etgan xatti-harakatlari uchun jazolandi.
Football-Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, shvetsiyalik futbolchi 4 ming evro, belgiyalik futbolchi 3 ming evro jarimaga tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, Zlatan va Romelu o‘rtasidagi ziddiyat birinchi bo‘lim oxirida sodir bo‘lgan edi. Futbolchilar bir-birlari haqida keskin fikrlar bildirishdi va buning uchun hakam ularni sariq kartochka bilan jazoladi.
Ibragimovich joriy mavsum A Seriyada 15 ta gol urdi, Lukaku hisobida 21 ta gol mavjud.
Fikrlar