Ibrohimxalil Yoʻldoshev: "Terma jamoadan chetda qolishim tashqi koʻrinishim bilan bogʻliq emas"

  • 14.06.2026 01:41
  • Bilolbek Imomov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Neftchi" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga murojaat qildi.

Futbolchi so‘nggi paytlarda terma jamoadan chetda qolishi tashqi ko‘rinishi, sochi yoki soqoli bilan bog‘liq ekani haqida tarqalgan gaplarga munosabat bildirdi.

"Izohlarda o‘qiyapman, ayrimlar milliy terma jamoadan chetda qolganimga tashqi ko‘rinishimni sabab qilib, salbiy fikrlar bildirishyapti. Ammo bu gap qaerdan chiqqanini bilmayman. Bunday holat bo‘lgani yo‘q.

Mening terma jamoadan qolishim tashqi ko‘rinishim, soch yoki soqolim bilan bog‘liq emas. Buning sababi jarohat bilan bog‘liq vaziyat edi, xolos.

Sizlardan turli taxminlar va asossiz gaplarga ishonmasligingizni so‘rab qolardim", — deb yozdi Yo‘ldoshev.

Shu tariqa himoyachi milliy jamoada yo‘qligi faqat sog‘ligi bilan bog‘liq ekanini ta’kidlab, muxlislarni tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
14/06/2026 09:01
термага чакирилмагани сабаби, бу болага термада уйнаш кизик эмас!
термадаги иштирокида бахоналар билан узи чикиб кетган эди
&
Мамадияров Махмуд
14/06/2026 08:47
Миллати лўлими шу болани.