Ibrohimovich yangilanmaydigan rekord o‘rnatdi

  • 22 mart, 2021, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 28-turida “Fiorentina” o‘z maydonida “Milan”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yinda hisobni ochgan Zlatan Ibrohimovich liga tarixiga kiritildi.

Tecno

Uchrashuv o‘tkazilgan kuni 39 yoshu 169 kunlik bo‘lgan shvetsiyalik hujumchi mavsumdagi gollari sonini 15 taga etkazdi va A Seriyada bir mavsumda 15 ta gol urgan eng yoshi katta futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

Yuqori sport formasini ushlab turgan va raqiblar darvozasini ko‘p ishg‘ol qilayotgan Zlatan uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng Shvetsiya terma jamoasiga ham taklif etildi. Qariya hujumchi o‘z yurtining bosh jamoasiga 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqishida yordamlashishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!