Igor Golban terma jamoaga chaqirildi
Vadim Abramov murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2022" va "OK-2023" musobaqalarining saralash o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida joriy yilgi ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini BAAning Dubay shahrida 8-18 fevral kunlari o‘tkazadi.
Terma jamoamizning mazkur yig‘iniga “Navbahor”ning 30 yoshli tajribali himoyachisi Igor Golban ham chaqirildi.
Bo‘lajak o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini oldidan terma jamoamiz a’zolari 6 fevral kuni Toshkentda yig‘ilib, 6-7 fevral kunlari mashg‘ulot o‘tkazadi va shundan so‘ng, BAAning Dubay shahriga jo‘nab ketishadi.
Golban terma jamoa tarkibiga Dubayda qo‘shiladi.
Terma jamoamiz a’zolari BAAning Dubay shahrida Iordaniya va Armaniston terma jamoalariga qarshi ikkita nazorat-sinov bahslari o‘tkazishni rejalashtirgan, - deya xabar bermoqda "Navbahor" matbuot xizmati.
Fikrlar