Iguain: Kursiga o‘tirib olib gapirish oson
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Gonsalo Iguain EChL 1/8 final bosqichi birinchi uchrashuvi doirasida “Tottenxem”ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘yindan keyin kursiga o‘tirib olib, muhokama qilish oson. Hisob 2:0 bo‘lib turganida, barchasi ideal holatda edi. Hisob 2:2 ko‘rinishga kelgach, vaziyat o‘zgardi.
Bizga bu fikrlarning qizig‘i yo‘q. Biz Londonda keyingi bosqichga chiqish masalasini hal etamiz”, – deb yozib qoldirdi argentinalik forvard o‘zining “Instagram”dagi rasmiy sahifasiga.

Fikrlar