Maradona bor joyda Iguainga o‘rin yo‘q

  • 27 may, 2020, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” matbuot xizmati Argentinada yuz bergan May inqilobining 210 yilligiga bag‘ishlab, Neapol shahri jamoasida o‘ynagan argentinalik charm to‘p ustalarining ramziy jamoasini tuzib chiqdi.

Tecno

Ular bu jamoaga “Napoli” tarkibida uch yil o‘ynab, 91 ta gol urgan va 2015-2016 yilgi mavsumda 35 ta o‘yinda 36 ta to‘p kiritib, A Seriya rekordini o‘rnatgan Gonsalo Iguainni kiritmadi. Chunki neapolliklar Iguainning “Yuventus”ga o‘tib ketganini xoinlik bilan tenglashtirishgan.

Ramziy jamoa qo‘yidagi ko‘rinish oldi.

Golkiper: Mariano Anduxar;

Himoyachilar: Ugo Kampanyaro, Federiko Fernandes, Roberto Ayyala, Maurisio Pineda;

Yarim himoyachilar: Daniel Bertoni, Xose Sosa, Xesus Datolo;

Hujumchilar: Diego Maradona, Roberto Sosa, Esekiel Lavessi.

Rayola italiyaliklarga zo‘r hujumchi olib kelmoqda

Uni uzoqroqqa jo‘natinglar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!