Iguainni La Ligaga chorlashmoqda

  • 3 mart, 2020, 15:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Turinning “Yuventus” klubi forvardi Gonsalo Iguain mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkin.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli argentinalik to‘purarni Ispaniya La Ligasiga chorlashmoqda. Aniqrog‘i, unga «Atletik» Bilbao xaridor bo‘lmoqda. Jamoa rahbariyatining fikricha Gonsalo klub falsafasiga mos keladi. Bundan tashqari uning kelib chiqishi bask-frantsuz ekanligi ham masalaning yana bir tomoni hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Iguain joriy mavsum A Seriyada jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!