
Ikardi dunyodagi eng qimmat mashinani sotib oldi (foto)
“Galatasaroy”ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi dunyodagi eng qimmat mashinani sotib oldi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatdi.
Tajribali hujumchi xarid qilgan “Rolls-Roys” 26 million evro turadi. Bu rusumdagi mashina atigi uch dona ishlab chiqarilgan.
Ulardan biri dur ishlab chiqarish bo‘yicha ishlaydigan milliarderga tegishli. Ikkinchi mashinani esa, taniqli san’atkorlar Jay-Z va Beyonce xarid qilgan. Nihoyat, uchinchisi Mauro Ikardiga tegdi.
Ikardi Turkiyaga ko‘chib o‘tgunga qadar PSJ futbolchisi edi.
Fikrlar