Ikardi faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi, ammo...

  • 13.04.2019 15:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi forvardi Mauro Ikardi faoliyatini qaerda davom ettirish borasida bir qarorga keldi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli argentinalik futbolchi “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomani uzaytirmaydi va jamoadan ketadi.

U faoliyatini “Real”da davom ettirmoqchi. Ammo, Madrid grandi hozirda uning xizmatlariga u qadar katta qiziqish bildirmayapti. Shu bois Ikardi mavsum yakunlangach katta ehtimol bilan "Yuventus" futbolchisiga aylanadi. Biroq, ushbu vaziyatni "Napoli" va "Manchester Yunayted" klublari ham diqqat bilan kuzatishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!