Ikardi qancha pul evaziga PSJni tark etishi mumkin?

  • 14.01.2022 12:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ hujumchisi Mauro Ikardi joriy qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Sky Sports Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Parij klubi rahbariyati argentinalik futbolchini 30 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor. Unga esa "Yuventus" asosiy da’vogar hisoblanadi. Biroq "keksa sinora" faqatgina Alvaro Morata "Barselona"ga o‘tgan taqdirdagina ushbu transferni amalga oshirishi mumkin.

Ikardi joriy mavsum PSJ safida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urdi. Uning bozor narxi 28 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!