Ikkala bo‘limda bittadan gol yoxud Samarqanddagi bahs haqida

  • 23 iyun, 2024, 11:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 12-turidan o‘rin olgan “Dinamo” va “Andijon” klublari ishtirokidagi bahs bir muncha keskin va qiziqarli ruhda kechdi. Bu yil hisobidan “Dinamo” o‘z maydonidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Stadion ishqibozlar bilan gavjum edi. Andijondan ham ishqibozlar kelib jamoasini qo‘llab-quvvatlab turdilar.

Uchrashuvda hisobni mezbonlar ochdilar. Anvar Hojimirzaev tezkor hujumga o‘tgan holda o‘z hisobiga navbatdagi golini yozdirib qo‘ydi. “Andijon” esa ikkinchi bo‘limda javob qaytardi. Bektemir Abdumannonov Ravshan Yagudin qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. “Burgutlar” ayniqsa ikkinchi bo‘limda faol bo‘ldilar va raqib darvozasi oldida birin-ketin golli imkoniyatlarni yaratdi. Hatto g‘alabaga ham yaqin edi. Biroq 1:1 hisobi bahs oxiriga qadar o‘zgarmadi.

“Andijon” klubi Samarqanddagi uchrashuv orqali safarda birinchi davradagi oxirgi o‘yinini o‘tkazdi. E’tiborlisi, "Burgutlar" mehmondagi o‘yinlarda umuman yutqazmadi. Endi birinchi davraning so‘nggi turida “Andijon” 26 iyun kuni “Bobur arena”da “Navbahor”ni qabul qiladi. "Dinamo" esa 28 iyunda Jizzaxda "So‘g‘diyona"ga qarshi maydonga tushadi. 

“Dinamo” – “Andijon” – 1:1 (1:0).

22 iyun. Samarqand. “Dinamo” stadioni. 10102 tomoshabin.

Hakamlar: Faruh Yansupov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov

Zaxira hakami: Dauletbay Amanbaev

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Amal Sultonov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Shoxruh Said

“Dinamo”: Ravshan Yagudin, Salim Mustafoev, Dushan Miyich,  Ulug‘bek Abdullaev, Odil Abdujamidov, Frantsis Narx (Emmanuel Yagr, 64), Xislat Halilov (Damir Temirov, 72) Sanjar Shoahmedov (Xumoyunmirzo Iminov, 64), Fransisko Fereyra, Anvar Hojimirzaev, Joel Kojo.

“Andijon”: Eldor Adhamov, Abduvohid G‘ulomov, Vladimir Bubanya, Islom Mamatkazin, Sardor Azimov, Sherzod Esanov (Ildar Mamatkazin, 90+2), Levan Arveladze, Muhammadkarim Toirov (Ilhom Abdug‘aniev, 46), Farhod Sohibjonov, Bektemir Abdumannonov (Shaxrom Samiev, 75), Rustam Turdimurodov (Abdurahmon Komilov, 90+2).

Gollar: Anvar Hojimirzaev, 37 – 1:0. Bektemir Abdumannonov, 69 – 1:1.

Ogohlantirishlar: Fransisko Fereyra, 80 – Levan Arveladze, 45+2. Sardor Azimov, 53. Sherzod Esanov, 62.

Chetlatish: Islom Mamatkazin, 90.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!