Ikkalang Manchestergа kel, baribir jamoang quyi ligagа ketdi!

  • 25.05.2026 06:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” klubi kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish uchun yozda “Vest Xem” hujumchisi Jarrod Bouen va yarim himoyachisi Mateush Fernandeshni xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Mankunianlar London klubi mavsum yakuniga ko‘ra, Angliya chempionatidan tushib ketganidan keyin ushbu futbolchilarga qiziqishni kuchaytirishdi.

Bu haqida Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Bouen transferi manchesterliklar uchun u qadar kuchli ahamiyatga ega emas. Biroq “Yunayted” Mateush Fernandesh xizmatlariga ko‘proq ehtiyoj sezmoqda.

Ta’kidlanishicha, “bolg‘aurarlar” muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin portugaliyalik futbolchi uchun taxminan 50 million funt sterling (58 million yevro) talab qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!