Ikki a’zosi qizil kartochka olgan o‘yinda "Yuventus" "Bolonya"ni taslim etdi

  • 23 iyun, 2020, 02:49
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Hozirgina Italiya A Seriyasi 27 turidan o‘rin olgan "Bolonya" - "Yuventus" uchrashuvi yakunlandi. Unda turinliklar 2:0 hisobida mehmonda g‘alabaga erishdi. O‘yin mobaynida "keksa sinora" murabbiylar shtabi vakili hakamga nisbatan bildirgan oshkora e’tirozi uchun maydondan chetlatildi. Shuningdek, zahiradan maydonga tushgan Danilo bahs yakunlanishi arafasida bir necha bor o‘ta xavfli o‘ynadi. Natijada, Janluka Rokki uni maydondan chetlatdi.

Shu tariqa, "Yuventus" hisobidagi ochkolar 66 taga etdi. Ularning ta’qibchisi "Latsio" ushbu turda "Atalanta" bilan o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!